Rossiyadagi ko‘mir konida sodir bo‘lgan yong‘inda 6 kishi halok bo‘ldi
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda yong‘in va tutun tufayli kondan 237 kishi evakuatsiya qilingani ma’lum qilindi.
1738570
Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi ko‘mir konida sodir bo‘lgan yong‘inda 6 kishi halok bo‘ldi.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Kemerovodagi ko'mir konida taxminan 250 metr chuqurlikda yong'in yuz bergani bildirildi.
Yong‘in va tutun tufayli kondan 237 kishi evakuatsiya qilingani ma’lum qilindi.
Bayonotda 6 ishchining halok bo'lgani, 44 kishining yaralangani qayd etildi.
Konda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.