NigerningTahua shahrida sodir etilgan ikki qurolli hujumda 25 nafar tinch aholi halok bo'ldi

Nigerning Mali chegarasidagi Tahua shahrida sodir etilgan ikki qurolli hujumda 25 nafar tinch aholi halok bo'ldi.

1735493
NigerningTahua shahrida sodir etilgan ikki qurolli hujumda 25 nafar tinch aholi halok bo'ldi

Nigerning Mali chegarasidagi Tahua shahrida sodir etilgan ikki qurolli hujumda 25 nafar tinch aholi halok bo'ldi.

Milliy matbuot xabarlariga ko'ra, noma'lum shaxslar Tahua shahrining Tillia va Tahua shaharlariga hujum qilgan.

Ikki hujumda 25 nafar tinch aholi halok bo'ldi.

Qurolli hujumchilar shahar hokimiyati va sog'liqni saqlash markazlari kabi jamoat binolarini talon-taroj qilgan, so'ng ularga o't qo'yib, hududdan qochib ketgan.

Hujumlarda elektr tizimlari shikastlangani uchun Tillia va Tahoua shaharlarida elektr yo'qligi bildirildi.

Qo'shni Malida faoliyat yuritayotgan Al-Qoida va Daishga aloqador terror guruhlari Burkina-Faso va Nigerda ham tez-tez hujumlar uyushtirmoqda.

Niger boshqa Sahel qo'shnisi Burkina-Faso bilan qo'shma harbiy amaliyotlar o'tkazsa-da, Malida joylashgan terrorchi guruhlarning kuchini zaiflashtira olmaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ma'lumotlariga ko'ra, Nigerdagi terror hujumlari tufayli so'nggi 3 yil ichida 313 ming kishi o'z uyini tark etdi, 235 ming kishi qo'shni davlatlarga boshpana topishga majbur bo'ldi.Human Rights Watch (HRW) yanvardan iyulgacha Nigerning Mali va Burkina-Faso bilan chegarasida sodir etilgan 9 ta terror hujumida 420 nafar tinch aholi halok bo‘lganini ma’lum qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hujum , #Qurolli , #Nigeriya

Aloqador xabarlar