Asad rejimi Idlibda yana hujum uyushtirdi va oqibatida 5 kishi halok boʻldi

Idlibda oʻq uzishni toʻxtatsh kelishuviga qaramay rejim kuchlari tinch aholini nishonga olishni davom etmoqda.

1732881
Asad rejimi Idlibda yana hujum uyushtirdi va oqibatida 5 kishi halok boʻldi

Suriyada Asad rejimi tomonidan Idlibga qarshi uyushtirilgan hujumlarda tinch aholidan 3 nafari yosh bola jami 5 kishi halok boʻldi.

Idlibda oʻq uzishni toʻxtatsh kelishuviga qaramay tinch aholini nishonga olgan rejim kuchlari, Idlib shahar markazi yaqinidagi bir fermani nishonga oldi.

Havo hujmida tinch aholidan 3 nafari yosh bola jami 5 kishi halok boʻldi. Halok boʻlganlardan tashqari yana tinch aholidan 4 kishi tan jarohati oldi.

Idlibning Marat al-Misrin shaharchasida tinch aholi istiqomat qilgan chodirli shaharchalar joylashgan hududda ham hujum uyushtirildi.

Idlib 2017-yilning may oyida Ostona va 2018-yilning sentabr oyida Sochi kelishuvi bilan deeskalatsiya zonasi deb eʼlon qilingandi.

Biroq erishilgan sulh kelishuvlariga qaramay mintaqada tinch aholini nishonga olgan hujumlar uyushtirilishi davom etilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Idlib , #Asad rejimi

Aloqador xabarlar