TRT World "The Factory" hujjatli filmida Fransiyaning kirdikorini fosh qildi

Hujjatli film terror tashkiloti DEASHning Parijda uyushtirgan hujumlarining 6 yilligi munosabati bilan 12-13 noyabr kunlari TRT Xabar, TRT World va TRT Arabi telekanallarida tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

1732534
TRT World "The Factory" hujjatli filmida Fransiyaning kirdikorini fosh qildi

 

TRT World tomonidan ikki yil davomida yarim million hujjat sinchkovlik bilan tekshirilgandan so'ng tasvirga olingan "Zavod" (The Factory) nomli hujjatli film Fransiyadagi “Lafarj” tsement zavodining Fransiya razvedka idoralari nazorati ostidagi terror tashkilotlari bilan hamkorlik qilgani, terror tashkilotlari, ayniqsa DEASH va PKKga o'n millionlab dollar pul o'tkazgani hujjatlar va guvohlar bilan oshkor qiladi.

Hujjatli film terror tashkiloti DEASHning Parijda uyushtirgan hujumlarining 6 yilligi munosabati bilan 12-13 noyabr kunlari TRT Xabar, TRT World va TRT Arabi telekanallarida tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

Suriyadagi urushning qorong’u kunlaridan biri yoritilgan hujjatli filmda Fransiyadagi tsement zavodi “Lafarj”ning kimning maslahati bilan Suriyada qolishga qaror qilgani, Fransiya razvedka idoralarining ma'lumoti va roziligi bilan Yevropa Ittifoqi mablag'lari DEASH va PKKga qanday o'tkazilgani, fransuz siyosatchilari va razvedka idoralari tomonidan “Lafarj”ni sud va ma'muriy tergovdan qutqarish uchun tashlangan qadamlar batafsil hikoya qilinadi.

Suriyada DEASHni moliyalash bilan boshlangan jarayon qanday qilib Parij hujumlariga zamin yaratgani fosh etiladi.

Turkiya Prezidenti huzuridagi aloqa departamenti rahbari Fahrettin Altun Twitterdagi akkauntida hujjatli filmning reklama videosini e’lon qildi.

“Terror tashkilotlarini moliyalashtirgan fransuz kompaniyasi, millionlab dollar va uning ortidagi iflos munosabatlar... Inson hayoti toptalgan bir tuzum va hayotdan olib ketilgan minglab begunoh inson... Dunyoni larzaga soladigan hujjatli film “Zavod” 12-noyabr kuni TRT Xabar telekanalida”,-degan ifodalarga o’rin berildi.


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #The Factory , #TRT World

Aloqador xabarlar