Putin va Lukashenko Belarus va Polsha chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

Kreml saroyidan berilgan yozma bayonotda, Putin va Lukashenkoning telefon orqali muloqot qilgani ma'lum qilindi.

1731659
Putin va Lukashenko Belarus va Polsha chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarusning Polsha va Litva bilan chegarasida tartibsiz muhojirlar holatini muhokama qildi.

Kreml saroyidan berilgan yozma bayonotda, Putin va Lukashenkoning telefon orqali muloqot qilgani ma'lum qilindi.

Muloqotda ikki davlat rahbari tomonidan 4-noyabr kuni tasdiqlangan “Ittifoq davlati dasturi” doirasida ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilingani bildirildi.

“Ikki davlat rahbarlari Belarus-Polsha va Belarus-Litva chegaralaridagi tartibsiz muhojirlar holati boʻyicha fikr almashdilar",-deyiladi bayonotda.

 


Tanlangan kalimalar: #Belorus , #Rossiya

Aloqador xabarlar