Suriya rejimi, Isroilning ba'zi harbiy nuqtalarga havo hujumi uyushtirganini da'vo qildi

Suriya rejimi, Isroilning o'lkaning markaziy va qirg'oq qismlaridagi ba'zi harbiy nuqtalarga havo hujumi uyushtirganini da'vo qildi.

1731163
Suriya rejimi, Isroilning ba'zi harbiy nuqtalarga havo hujumi uyushtirganini da'vo qildi

Suriya rejimi, Isroilning o'lkaning markaziy va qirg'oq qismlaridagi ba'zi harbiy nuqtalarga havo hujumi uyushtirganini da'vo qildi.

Suriya xabar agentligi SANA, rejimning mudofaa vazirligidagi harbiy manbaga tayanganligi haqidagi xabarida, Isroil mahalliy vaqt bilan soat 19.16 da havo hujumi bilan mamlakatning markaziy va qirg’oqbo’yi mintaqalaridagi ba’zi harbiy nuqtalarni nishonga olganini da’vo qildi.

Humus va Tartus viloyatlarida kuchli portlashlar eshitilgani ilgari surilgan xabarda, 2 rejim unsurining yaralangani iddao qilindi.

“Bizning havo hujumidan mudofaa tizimlarimiz Bayrut shimolidan kelayotgan dushman raketalarining aksariyat qismini urib tushirdi”, — deyiladi xabarda.

Rejim armiyasidan tashqari, Eron Inqilobiy Gvardiyasi qo'mondonligi ostidagi xorijiy terror guruhlari va Livan Hizbullohiga qarashli Humus va Tartusdagi harbiy nuqtalar mavjud.

Ayni paytda Isroil rasmiylari bu borada hali biror bayonot bergani yo'q.

Fuqarolar urushi boshlangan 2011-yildan beri Isroil vaqti-vaqti bilan Suriyada Eron qo'llab-quvvatlagan guruhlar va rejim harbiy nuqtalariga qarshi hujumlar uyushtirmoqda.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Hujum , #Isroil , #Suriya

Aloqador xabarlar