Fuqarolar urushi davom etayotgan Yamanda 3 oyda 170 nafar tinch aholi hayotdan ko'z yumdi

Fuqarolar urushi davom etayotgan Yamanda 3 oyda 170 nafar tinch aholi hayotdan ko'z yumdi.

1731218
Fuqarolar urushi davom etayotgan Yamanda 3 oyda 170 nafar tinch aholi hayotdan ko'z yumdi

Fuqarolar urushi davom etayotgan Yamanda 3 oyda 170 nafar tinch aholi hayotdan ko'z yumdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Yamandagi gumanitar yordam koordinatsiya idorasining (OCHA) Twitter sahifasida berilgan bayonotda, mamlakatdagi to'qnashuvlarda tinch aholining og'ir badal to'lashda davom etganligi qayd etildi.

Joriy yilning uchinchi choragida (iyul, avgust va sentyabr) sodir bo'lgan qurolli to'qnashuvlar natijasida 170 nafar tinch aholining hayotdan ko'z yumgani, 359 nafar tinch aholining yaralangani qayd etilgan bayonotda, o'lkada sodir bo'lgan voqealardan hech bir taraf mas'ul emas.

2014-yil sentabridan buyon Yamanda Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar poytaxt Sana va ba’zi hududlarni nazorat qilmoqda.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari 2015 yilning mart oyidan beri husiylarga qarshi Yaman hukumatini qo‘llab-quvvatlab keladi. Mamlakatda 7 yildan beri davom etayotgan to’qnashuvda  230 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #170 nafar tinch , #Fuqarolar urushi , #Yaman

Aloqador xabarlar