Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiyga suiqasd sodir etildi

Xabar berilishicha, Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy hujum oqibatida jabrlanmagan.

1730501
Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiyga suiqasd sodir etildi

 

Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiyning Bag‘doddagi qarorgohiga minalashtirilgan dron bilan hujum sodir etildi. Bu haqda Iroq Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Shuningdek, Bag‘doddagi hukumat idoralari va xorijiy davlatlar elchixonalari joylashgan “yashil hudud”da otishma bo‘lgani xabar qilingan.

Xabar berilishicha, Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy hujum oqibatida jabrlanmagan. 

Al-Kozimiy tvitterdagi rasmiy akkaunti orqali sog‘-salomat ekani haqida xabar qilgan.

"Allohga shukrki, mening ahvolim yaxshi va men barchani xotirjamlikka chaqiraman", deb ma'lum qilgan.

Iroq xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, suiqastda 3 nafar qurolli dron qo'llanilgan bo'lib, ulardan 2 nafari urib tushirilgan.

Iroq hukumati vakili bosh vazir qarorgohida kamida bitta portlash sodir bo‘lgani, bosh vazirning o‘zi tirikligini tasdiqlagan.

Bag‘doddagi qattiq qo‘riqlanuvchi "yashil zona"da hukumat binolari va xorijiy elchixonalar joylashgan.

Hozircha hech kim bu hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Mustafo al-Kozimiy

Aloqador xabarlar