AQSh Saudiya Arabistoniga 650 million dollarlik qurol sotishni ma'qulladi

Saudiya Arabistoni Vashingtondan o‘rta masofalarga mo‘ljallangan F-15 harbiy samolyotlari uchun “havo-havo” turidagi 280ta raketa, 600ta relsli pusk bazalari hamda qo‘shimcha qurilmalar sotishni so‘ragan.

1729720
AQSh Saudiya Arabistoniga 650 million dollarlik qurol sotishni ma'qulladi

 

AQSh davlat departamenti Saudiya Arabistoniga 650 mln dollarlik qurol sotishni ma'qulladi.

Saudiya Arabistoni Vashingtondan o‘rta masofalarga mo‘ljallangan F-15 harbiy samolyotlari uchun “havo-havo” turidagi 280ta raketa, 600ta relsli pusk bazalari hamda qo‘shimcha qurilmalar sotishni so‘ragan.

AQSh Mudofaa Xavfsizlik Hamkorlik Agentligining yozma bayonotida, "Tashqi ishlar vazirligi Saudiya Arabistoniga taxminiy qiymati 650 million dollar bo‘lgan AIM-120C ilg‘or o‘rta masofali havo-havo raketasi (AMRAAM) va tegishli uskunalarni sotishni ma’qullashga qaror qildi",-degan ifodalarga o'rin berilgan.

Kongressga savdoning ma'qullangani haqida hujjat yuborilgani bildirilgan bayonotda, sotuv paketiga 280 ta AIM-120C raketalari bilan birga 596 ta LAU-128 raketa tashuvchi relslar va boshqa yordam uskunalari kiritilgani qayd etilgan.

Bayonotda, ushbu raketalar Saudiya Arabistoni Harbiy havo kuchlari inventaridagi F-15 samolyotlari va Eurofighter Typhoon samolyotlarida qo'llanilishi bildirilgan.

AQSh Davlat departamentining qurol sotishini ma'qullashi oddiygina savdo bo'lib, u AQSh ma'muriyati uchun muammo emasligi qayd etilgan.

Agar, AQSh Kongressi 30 ish kuni ichida Departamentning qaroriga e'tiroz bildirmasa, ma'muriyat sotuv paketining mazmuni bo'yicha sotish tasdiqlangan mamlakat bilan muzokaralarni boshlaydi.

Ushbu muzokaralar yakunida AQSh o'sha davlatga taklif maktubini taqdim etadi. Agar taklif ijobiy javob olsa, xarid jarayoni amalga oshiriladi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Saudiya Arabistoni , #AQSh

Aloqador xabarlar