Rossiyada koronavirusga qarshi yangi cheklovlar joriy etildi

Moskvada barcha kompaniya va tashkilotlar faoliyati to‘xtatildi. Faqat oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalar hamda teatr va muzeylar ishlashi mumkin. (QR-kodlar bilangina). Maktab o‘quvchilari 7 noyabrgacha ta'tilga chiqdi.

1726393
Rossiyada koronavirusga qarshi yangi cheklovlar joriy etildi

 

Rossiya poytaxti Moskvada oxirgi sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 40 096ta holat qayd etildi. Koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha shtab ma'lumotiga ko‘ra, 1 159 nafar bemor vafot etdi. Har ikki ko‘rsatkich pandemiya davri uchun rekord hisoblanadi.

Shu sababli, 28 oktyabr kuni Moskva, Moskva oblasti va yana to‘rt viloyatda cheklovlar boshlandi. Niqob taqish majburiy bo’ldi.

Moskvada barcha kompaniya va tashkilotlar faoliyati to‘xtatildi. Faqat oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalar hamda teatr va muzeylar ishlashi mumkin. (QR-kodlar bilangina).

Go‘zallik markazlari, kosmetika, massaj salonlari, hammom va saunalar, sport majmualari, fitnes-klub va basseynlar, kimyoviy tozalash, kir yuvish korxonalari, maishiy xizmat tashkilotlari va avtoservislar faoliyati to’xtatildi.

Maktab o‘quvchilari 7 noyabrgacha ta'tilga chiqdi. Shifoxona va poliklinikalar rejali tibbiy yordam ko‘rsatishda davom etadi.

Payshanbadan Xakasiyada Rossiyadagi eng qat'iy lokdaun boshlandi – shaharlarda jamoat transporti faoliyati to‘xtatildi, soat 22:00dan komendantlik soati e'lon qilindi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Rossiya

Aloqador xabarlar