Yevropa Ittifoqi Myanmadagi qochqin musulmonlarga 12 mln yevro mablag' ajratadi

Bayonotda Bangladeshda 884 mingdan ortiq rohinya qochqinlari borligi eslatilib, bu qochqinlar lagerlarda yashab, insonparvarlik yordamiga muhtoj ekani qayd etildi.

1726379
Yevropa Ittifoqi Myanmadagi qochqin musulmonlarga 12 mln yevro mablag' ajratadi

 

Yevropa Ittifoqi Bangladesh va Myanmadagi rohingya qochqinlariga 12 million yevro miqdorida gumanitar yordam ajratadi.

Yevropa Ittifoqi komissiyasi uy-joyini tashlab ketgan va mojarodan jabr ko‘rgan rohingya musulmon qochqinlariga qo‘shimcha gumanitar yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Bayonotda Bangladeshda 884 mingdan ortiq rohinya qochqinlari borligi eslatilib, bu qochqinlar lagerlarda yashab, insonparvarlik yordamiga muhtoj ekani qayd etildi.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqining Bangladesh va Myanmadagi rohingya qochqinlariga 12 million yevro miqdorida qo‘shimcha yordam berishi, 2017-yildan buyon Yevropa Ittifoqining Bangladesh, Myanma va mintaqaga jami 283 million yevro yordam ajratgani qayd etildi.

Ma'lumot uchun: Myanma hukumati o‘nlab yillardan beri rohinyalarni mamlakat fuqarolari deb tan olmaydi. Ularni bangladeshlik noqonuniy muhojirlar, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, "rohinya" so‘zining o‘zi rasman hech qayerda qo‘llanilmaydi. 


Tanlangan kalimalar: #Myanma , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar