Hindiston qit'alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazdi

Hindiston hukumati tomonidan berilgan bayonotga ko’ra, raketa mamlakatning sharqiy sohilidagi bir oroldan uchirilgan. 5 ming kilometr masofaga ega bo'lgan "Agni-5" raketasi sinovi muvaffaqiyatli o'tgani qayd etilgan.

1726144
Hindiston qit'alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazdi

 

Hindiston 5 ming kilometr masofali yadroviy quvvatga ega qit'alararo ballistik raketasini sinovdan o'tkazganini e'lon qildi.

Hindiston hukumati tomonidan berilgan bayonotga ko’ra, raketa mamlakatning sharqiy sohilidagi bir oroldan uchirilgan. 5 ming kilometr masofaga ega bo'lgan "Agni-5" raketasi sinovi muvaffaqiyatli o'tgani qayd etilgan.

Bayonotda, raketa sinovi “ishonchli minimal oldini olish siyosati”ga muvofiq bo‘lganligi ta’kidlandi.

Ta`kidlanishicha, Agni-5 ballistik raketasi Xitoyni butunlay yo’q qilish kuchiga qodir.


Tanlangan kalimalar: #raketa sinovi , #Hindiston

Aloqador xabarlar