AQShning Turkiyadagi yangi elchisi Jeff Fleyk nomzodi tasdiqlandi
Amerikalik senatorlar Jyeff Fleyk nomzodini AQShning Turkiyadagi elchisi etib tasdiqladi.
Amerikalik senatorlar Jyeff Fleyk nomzodini AQShning Turkiyadagi elchisi etib tasdiqladi.
“Senat Jyeffri Leyn Fleykni AQShning Turkiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tasdiqladi”,- deyiladi kongress palatasi xabarida.
Nomzodni tasdiqlash Turkiya prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘anning o‘n nafar elchi, jumladan, AQSh elchisini mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi bayonoti bilan bog‘liq mojaro yakun topganidan so‘ng amalga oshirildi.
18 oktyabr kuni AQSh, Germaniya, Fransiya, Kanada, Niderlandiya, Daniya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya va Yangi Zelandiya elchilari qo‘shma bayonot e'lon qilgan, unda Turkiya hukumatidan huquq faoli Usmon Kavala bo‘yicha masalaga tezkorlik bilan adolatli yechim topish so‘ralgan edi. Elchilar faolning hibsda saqlanishi Turkiya uchun “ko‘lanka” ekanligini qayd etgan. Bayonot e'lon qilingan kunning ertasiga bu 10 ta mamlakat elchilari Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.
21 oktyabrda Turkiya prezidenti AQSh, Germaniya, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Kanada, Norvegiya va Yangi Zelandiya elchilarini mamlakat sudi ishlariga aralashishgani uchun tanqid qilgan. Keyinroq esa ularni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi.
Dushanba kuni AQSh va boshqa mamlakatlar elchixonalari elchilarning boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmasligi to‘g‘risida bayonot berdi.
Aloqador xabarlar
Joriy yilda 104 jurnalist o‘ldirilgan, ularning yarmidan ko‘pi G‘azoda
2023-yil 7-oktyabrda boshlangan urushdan beri kamida 138 nafar falastinlik jurnalist halok bo‘ldi.