Angela Merkelning vakolatlari muddati rasman yakunlandi

Biroq, Merkel mamlakat prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerning iltimosiga ko’ra, yangi kansler saylangunga qadar ushbu lavozimda qoladi.

1725566
Angela Merkelning vakolatlari muddati rasman yakunlandi

 

Germaniya kansleri Angela Merkelning vakolatlari muddati rasman yakunlandi.

Merkel mamlakat prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerning iltimosiga ko’ra, yangi kansler saylangunga qadar ushbu lavozimda qoladi.

Germaniyada o‘tgan parlament saylovlaridan bir oy o‘tgach, 26 oktyabrda bundestagning yangi tarkibi ilk yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig’ilishdan so’ng, Shtaynmayyer Prezident saroyidagi marosimda Merkelga vakolatlari tugagani haqidagi hujjatni topshirdi.

Prezident marosimida so’zlagan nutqida Merkel boshchiligidagi hukumatga ko’rsatgan xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Germaniya prezidenti Merkelning kanslerlik davrini “Germaniya tarixidagi buyuk kunlar” deb atadi.

“Siz, hurmatli kansler xonim, qadrdon Angela Merkel uchun hukumatdagi 16 yillik rahbarlik tugamoqda. Sizga bu 16 yil, inqirozlar va silsilalarga to‘la davrda mamlakatimizni o‘z ortingizdan ergashtira olganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz. Bu jiddiy, ham moliyaviy, ham iqtisodiy inqirozlar, yevro inqirozi, koronavirus inqirozi yillari bo‘ldi. Siz, avvalambor, fuqarolar ishonchini qozona oldingiz”,-deb aytgan prezident Shtaynmayyer.

Merkel Germaniya kansleri lavozimini 2005 yildan beri egallab kelayotgandi.

Germaniya konstitutsiyasida federal prezident yangi kansler tayinlanmaguncha amaldagi kansler va uning hukumatidan o‘z ishini davom ettirishini so‘rashi mumkinligi ko‘zda tutilgan. Bunday holatda kansler ham, vazirlar ham prezidentning iltimosiga rad javobi bera olmaydi.

26 sentyabrda Germaniyada o‘tgan saylovlarda 25,7 foiz ovoz bilan Germaniya sotsial-demokratik partiyasi g‘alaba qozongandi. 2-o‘rinni Merkelning Xristian-demokratik va Xristian-sotsialistik ittifoqlar bloki egallagandi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Angela Merkel , #Germaniya

Aloqador xabarlar