Sudanda davlat to'ntarishiga qarshi namoyishlarda 7 kishi halok bo'ldi

Sudanda davlat to'ntarishiga qarshi namoyishlarda 7 kishi halok bo'ldi, 140 kishi tan jarohati oldi

1724974
Sudanda davlat to'ntarishiga qarshi namoyishlarda 7 kishi halok bo'ldi

 

Sudanda harbiy harakatlar ortidan boshlangan davlat to'ntarishiga qarshi namoyishlarda 7 kishi halok bo'ldi, 140 kishi tan jarohati oldi.

Kecha ertalab Sudanda o'tish davri prezidenti Abdulla Hamduk va boshqa hukumat rasmiylari, jumladan kamida 4 vazir qo'lga olinganidan so'ng, davlat to'ntarish tashabbusiga norozilik bildirish uchun ko'chalarga chiqdi.

Harbiylar namoyishlarni bostirish uchun nomutanosib kuch ishlatgan.

Sputnik xabariga koʻra, mamlakat boʻylab namoyishlarga xavfsizlik kuchlarining aralashuvi natijasida hayotdan koʻz yumganlar soni 7 nafarga, yaralanganlar soni esa 140 nafarga yetgan.

Armiyaning boshida turgan general Abdulfettoh al-Burhon qonun tomonidan berilgan vakolatdan kelib chiqib, "tartibsizlik va inqiroz muhitini tugatish uchun" favqulodda holat (OHAL) e'lon qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #To'ntarish , #7 kish halok , #Sudan

Aloqador xabarlar