Nigeriyada Boko Haramga qarshi uyushtirilgan amaliyotda ko'plab terrorist yo'q qilindi

G'arbiy Afrika davlati Nigeriyaning shimoli-sharqida Boko Haramga qarshi uyushtirilgan amaliyotda ko'plab terrorist yo'q qilindi.

1724387
Nigeriyada Boko Haramga qarshi uyushtirilgan amaliyotda ko'plab terrorist yo'q qilindi

G'arbiy Afrika davlati Nigeriyaning shimoli-sharqida Boko Haramga qarshi uyushtirilgan amaliyotda ko'plab terrorist yo'q qilindi.

Nigeriya Havo kuchlari (KKK) voizi Edvard Gabkvet yozma bayonotida, Nigeriya armiyasining Chad ko'li havzasida Boko Haramga qarshi havo amaliyoti uyushtirganini ma'lum qildi.

Gabkvet, hujumda tashkilot qarorgohi vayron qilinganini va ko'plab terroristning o'ldirilganini qayd etdi.

So'nggi yillarda amalga oshirilgan operatsiyalarga qaramay, Boko Haram Afrikaning eng ko'p aholiga ega mamlakati Nigeriyada jiddiy xavfsizlik muammosini keltirib chiqarmoqda.

Nigeriyada 2000-yillarning boshidan beri mavjud boʻlgan terror tashkiloti tomonidan 2009-yildan beri uyushtirilgan ommaviy zoʻravonliklarda 20 mingdan ortiq odam halok boʻldi.

Tashkilot 2015-yildan buyon mamlakatning chegaradosh qo‘shnilari Kamerun, Chad va Nigerda ham hujumlar uyushtirgan. Tashkilotning Chad ko'li havzasida uyushtirgan hujumlarida kamida 2000 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Yuz minglab odamlar terroristik hujumlar va to’qnashuvlar  tufayli mamlakatga ko'chishga majbur bo'lgan.


 


Tanlangan kalimalar: #Terrorist , #Boko Haram , #Nigeriya

Aloqador xabarlar