AQSh Prezidenti Jo Bayden Xitoy gipertovushli raketalarni sinovdan o'tkazayotgani uchun xavotirda

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden Xitoy gipertovushli raketalarni sinovdan o'tkazayotgani haqidagi iddaolardan  xavotirda ekanligini aytdi.

1722935

Bayden Pensilvaniya shtatiga jo'nashdan oldin Endryus harbiy havo bazasida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Jo Bayden jurnalistdan “Xitoy gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazayotgani haqidagi iddaolardan xavotirdamisiz?” deb so‘radi. U savolga “Ha” deb javob berdi.

Financial Times gazetasi 16-oktabr kuni nomi oshkor etilishini istamagan 5 manbaga tayanib, Xitoy iyul oyida gipertovushli raketa sinovini o‘tkazganini da‘vo qildi. Xabarda, raketa past Yer orbitasiga ko'tarilgani, ammo ozgina burilish bilan nishonini o'tkazib yuborgani da'vo qilingan.

Tanlangan kalimalar: #Raketa , #gipertovushli , #Xitoy , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar