Lourenso: Kelajak Turkiya bilan Angola uchun yaxshi boʻladi

Angola Prezidenti Joao Manuel Gonsalves Lourenso bilan Prezident Erdoʻgʻan matbuot anjumani uyushtirdi.

1721531
Lourenso: Kelajak Turkiya bilan Angola uchun yaxshi boʻladi

Angola Prezidenti Joao Manuel Gonsalves Lourenso, 3 oydek qisqa vaqtda Turkiya bilan munosabatlarning jadal tus olganini qayd etgan holda:

“Kelajak Turkiya bilan Angola uchun yaxshi boʻladi”.-dedi.

Lourenco, Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan tashrifi doirasida poytaxt Luandada imzolash marosimidan keyin oʻtkazilgan mushtarak matbuot anjumanda:

“Prezident Erdoʻgʻanga minnatdorchilik bildiramiz va bu hamkorlikka yaxshi koʻz qarashdamiz. Kelajak Turkiya bilan Angola uchun yaxshi boʻladi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Turk Havo yoʻllarining (THY) Istanbul-Luanda qatnovlarini boshlatganini yodga solgan Lourenso, THYning Luanda safarlarini bir haftada ikki marta uyushtirishini bu safarlarning Angola uchun alohida oʻringa ega ekanini va ikkala mamlakat insonlarini bir-biriga yaqinlashtirishini qayd etdi.

Angolaning turk investorlar uchun qanchalik muhim ekaniga e’tibor qaratgan Lourenso, Turk investorlarning Angola orqali dunyoning boshqa davlatlari bilan ham savdo qilib, investitsiya kiritish imkoni topishi mumkinligini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar