Afg‘onistondagi masjidda sodir etilgan teraktda 30 kishi halok bo'lgan

Masjid xavfsizligidan mas'ul vakil Murtazo Zarifiyning ma'lum qilishicha, portlash juma namozi vaqtida ro'y bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, terakt oqibatida 30 kishi halok bo'lgan, 200dan ortiq kishi jarohatlangan.

1720239
Afg‘onistondagi masjidda sodir etilgan teraktda 30 kishi halok bo'lgan

 

Avvalroq xabar qilinganidek, bugun 15-oktyabr kuni Afg'onistonda Tolibonning qarorgohi sifatida tanilgan janubiy Qandahor viloyatidagi shialarga oid Fotimiyya masjidida portlash sodir etildi.

Masjid xavfsizligidan mas'ul vakil Murtazo Zarifiyning ma'lum qilishicha, portlash juma namozi vaqtida ro'y bergan. Shialar masjidida terrorchi o‘zini portlatgan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, terakt oqibatida 30 kishi halok bo'lgan, 200dan ortiq kishi jarohatlangan.

Tolibon kuchlari masjidga tomon ketgan barcha transport yo'llarini to'sib tashladi, transport qatnovi to'xtatildi.

Eslatma: O'tgan hafta ham Afg‘onistonning Qunduz viloyatidagi Saidobod shialar masjidida sodir etilgan terakt oqibatida 46 kishi halok bo‘lgandi. Terakt juma namozi vaqtida amalga oshirilgandi. Hujumni DEASh terror tashkiloti o'z zimmasiga olgandi.


Tanlangan kalimalar: #terakt , #Qandahor , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar