Sergey Lavrov Eron tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Sergey Lavrov va Husayin Amir Abdullahiyan suhbat chog'ida Eronning yadroviy bitim bilan bog'liq vaziyatni muhokama qilgan.

1720144
Sergey Lavrov Eron tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Eron tashqi ishlar vaziri Husayin Amir Abdullahiyan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Sergey Lavrov va Husayin Amir Abdullahiyan suhbat chog'ida Eronning yadroviy bitim bilan bog'liq vaziyatni muhokama qilgan.

"Muloqotda yadroviy bitimni dastlabki muvozanatli holatiga qaytarish, manfaatdor tomonlarning huquqlari va manfaatlarini ta'minlashning yagona to'g'ri yo'li ekanligi tasdiqlandi. Shartnoma bo'yicha muzokaralarni imkon qadar tezroq Vena shahrida o'tkazish masalasiga xayrixohlik bildirildi",-deyiladi xabarda.

Eslatish joizki, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Eron tashqi ishlar vaziri Husayin Amir Abdullahiyan 6-oktabr kuni poytaxt Moskvada uchrashgandi.

Tomonlar ikki tomonlama munosabatlarga oid masalalarni muhokama qilgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sergey Lavrov , #Eron , #Rossiya

Aloqador xabarlar