Yaponiya Afg‘onistonga 190 mln dollarlik insonparvarlik yordami yetkazadi

Ushbu fond joriy yilning oxirigacha xalqaro tashkilotlar vositasida Afg’onistonga yetkaziladi. Maqsad gumanitar inqiroz panjasida bo’lgan afg’on xalqiga do’stona yordam ko’rsatish.

1718988
Yaponiya Afg‘onistonga 190 mln dollarlik insonparvarlik yordami yetkazadi

 

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida “Katta yigirmatalik”ning Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuvida Yaponiya Afg‘onistonga taxminan 190 mln dollarlik insonparvarlik yordami yetkazib berishini e'lon qildi.

Uning ta’kidlashicha, ushbu fond joriy yilning oxirigacha xalqaro tashkilotlar vositasida Afg’onistonga yetkaziladi. Maqsad gumanitar inqiroz panjasida bo’lgan afg’on xalqiga do’stona yordam ko’rsatish.

Fumio Kishida shuningdek, 8 oktyabr kuni Afg‘oniston shimolidagi Kunduz shahrida masjidlardan birida sodir etilgan qonli teraktni keskin qoraladi. U xalqaro hamjamiyatning mushtarak muammosi bo’lgan terrorizmga qarshi kurashga doir sa’y-harakatlarni jadallashtirishga hissa qo’shishga va’da berdi.

Eslatish joizji, 8 oktyabr kuni juma namozi paytida shialar masjidida sodir etilgan teraktda, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 50ga yaqin inson halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 150ga yaqin.

O‘zini portlatish orqali amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni “Islom davlati – Xuroson” terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Yaponiya

Aloqador xabarlar