Suriya bilan Iroq chegarasida havo hujmi qayd etildi

Suriya bilan Iroq chegarasida havo hujmi qayd etildi va unda halok boʻlgan va tan jarohati olganlar borligi aytilmoqda.

1718379
Suriya bilan Iroq chegarasida havo hujmi qayd etildi

Suriyaning Iroq chegarasiga yaqin Al-Bukemal tumanida Bashar al-Asad rejimi qatorida oʻrin olgan va Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan terror guruhlariga oid 3 harbiy punktga qarshi uyushtirilgan havo hujmida halok boʻlgan va tan jarohati olganlar borligi aytilmoqda.

Dayr-az-Zor viloyatiga qarashli Al-Bukemal tumani sharqida, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlagan guruhlarga tegishli 3 ta harbiy punkt havo hujumlari orqali nishonga olindi.

Qaysi davlatga oid ekani hali hanuz noma’lum boʻlgan Qurolli uchuvchisiz havo transportlari orqali amalga oshirilgan hujumlar natijasida 7 portlash ovozi eshitilgan.

Hujum oqibatida halok boʻlgan va tan jarohati olganlar borligi bildirildi.

Havo hujmidan taxminan yarim soat oldin, YPG /PKK terror tashkiloti tomonidan ishgʻol qilingan Haseke viloyatining Shaddodi shahridagi gaz maydoniga raketa orqali hujum uyushtirilishi e’tiborlarni oʻziga qaratdi. Unda 3 transport yonib ketgan.

Asad rejimi safida oʻrin olgan Eron inqilobiy gvardiyasining Al-Bukemal tumanidagi bazasiga qarshi 14-iyun kuni, 3 mashinaga esa 15-sentabrda qaysi davlatga oid ekaniga haligacha aniqlik kiritilmagan urush uchoqlari tomonidan havo hujmi uyushtirilgandi. Ilk hujumda 3 kishi jon berar ekan 4 kishi tan jarohati olgandi.

 

 



Aloqador xabarlar