Iroqdagi parlament saylovlarida “Sadrchilar” harakati koalitsiyasi g‘alaba qozondi

Norasmiy natijalarga ko’ra, saylovlarda shia imomi Muqtado as-Sadr boshchiligidagi “sadrchilar” harakati koalitsiyasi g‘alaba qozondi. Ushbu harakat 329 o’rinli parlamentga 73 deputatini kiritishga muvaffaq bo’ldi.

1718251
Iroqdagi parlament saylovlarida “Sadrchilar” harakati koalitsiyasi g‘alaba qozondi

 

Iroqda 10 oktyabr kuni muddatdan oldingi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Vakillar kengashidagi 329ta deputatlik mandatiga 3,2 mingdan ko‘proq nomzod, jumladan 951 ayol da'vogarlik qildi.

83 ta saylov okrugida parlamentdagi o‘rinlar uchun 109 ta partiya va 21 ta koalitsiya kurash olib bordi. Koalitsiyalar orasida 7 ta shia, 4 ta sunniy va 2 ta kurd koalitsiyasi o’rin oldi. 

Norasmiy natijalarga ko’ra, saylovlarda shia imomi Muqtado as-Sadr boshchiligidagi “sadrchilar” harakati koalitsiyasi g‘alaba qozondi. Ushbu harakat 329 o’rinli parlamentga 73 deputatini kiritishga muvaffaq bo’ldi.

Ushbu harakat an'anaviy ravishda ijtimoiy adolat o‘rnatilishi, maktab va shifoxonalar qurilishi va Iroqning ishlariga xorijdan aralashmaslikni talab qilib keladi.

Iroq rasmiy xabar agentligi xabar berishicha, saylovlarda parlament rahbari Muhammad Xalbusiy yetakchiligidagi Takaddum partiyasi ikkinchi o’rinni egalladi. Ushbu partiya parlamentdan 38 o’rinni qo’lga kiritdi.

Sobiq bosh vazir Nuri Al-Malikiy yetakchiligidagi Qonun davlati koalitsiyasi parlamentda 37 o’rinni egallab, uchinchi partiya bo’ldi.

Iroqda 27 mlnga yaqin fuqaro saylov huquqiga ega. Biroq aholining hukumatga ishonmaslik va iqtisodiyotdagi davomiy inqiroz sababli saylovlardagi davomat 41 foizdan oshmadi.


Tanlangan kalimalar: #saylov , #Iroq

Aloqador xabarlar