Chexiya prezidenti Milosh Zeman shifoxonaga yotqizildi

Mahalliy matbuotda tarqalgan xabarlarga ko'ra, prezident Zeman oyoqlar nevropatiyasidan hamda qandli diabet kasalligidan aziyat chekadi.

1717432
Chexiya prezidenti Milosh Zeman shifoxonaga yotqizildi

 

Chexiya prezidenti Milosh Zeman shifokorlar tavsiyasi bilan poytaxt Pragadagi shifoxonaga yotqizildi. Prezident harbiy gospitalda rejali ko‘rikdan o‘tkazilayotgani ma'lum qilindi.

Zemanni davolovchi shifokori Miroslav Zavoral prezident Pragadagi harbiy universitet gospitalining jadal davolash bo‘limiga yotqizilganini ma'lum qildi. 

“Prezident mening tavsiyamga ko‘ra shifoxonaga yotqizildi. Biz unga qo‘yilgan tashxisni bilamiz, biroq uni e'lon qilishga rozilik bermadim”,-dedi shifokor Miroslav Zavoral.

Mahalliy matbuotda tarqalgan xabarlarga ko'ra, prezident Zeman oyoqlar nevropatiyasidan hamda qandli diabet kasalligidan aziyat chekadi. 

77 yoshli Zeman o'tgan oyda ham shifoxonaga yotqizilgani ma'lum qilingandi. O‘shanda u shifoxonada 6 kun davolangandi. 

 


Tanlangan kalimalar: #Milosh Zeman , #Chexiya

Aloqador xabarlar