Ukraina Rossiyaga nisbatan kiritgan sanksiyalarini joriy etdi

Ukraina Qrimda saylov o‘tkazgani uchun Rossiyaga nisbatan kiritgan sanksiyalarini joriy etdi.

1715375
Ukraina Rossiyaga nisbatan kiritgan sanksiyalarini joriy etdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy anneksiya qilib olgan Qrimda saylov o‘tkazgani uchun Rossiyaga nisbatan kiritgan sanksiyalarini joriy etdi.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa qo‘mitasi qaroriga muvofiq 95 kishi sanksiya ro‘yhatiga olindi. Ular orasida rus fuqarolari ham bor.

Zelenskiy joriy etgan sanksiyalarga ko‘ra, ushbu ro‘yhatdagi kishilarning mamlakatga kirishlari butunlay man etildi va mol-mulklaridan foydala olmaydı.

Shuningdek Rossiyaning 3, Singapurning esa 1 firmasi ham iqtisodiy sanktsiyalar ro‘yxatiga olingan.

Eslatib o‘tamiz:

Joriy yilning 17-19 sentabri kunlari Rossiya Federatsiyasi Federal majlisining Davlat dumasiga saylovlar bo‘lib o‘tgandi. Unda 39 federativ mintaqa parlamenti bilan ba’zi mintaqalardagi boshqaruv va mahalliy yetakchilik uchun ovoz berilgan.

Ukraina yetakchiligi esa Rossiyaning Qrimda saylov o‘tkazishini xalqaro huquq paymoli qatorida qabul qilib, e’tiroz etdi.

Yevropa ittifoqi Rossiya anneksiya qilib olgan Qrimda saylov o‘tkazganini tan olmaganini ma’lum qildi.

Rossiya 2014-yili Qrimni anneksiya qilib olgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Qrim , #anneksiya , #Rossiya

Aloqador xabarlar