Muttaki poytaxt Kobulda xorijiy davlatlarning diplomatik vakillari bilan uchrashdi

Tolibon muvaqqat hukumatining “Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi vakili” Emirhan Muttaki poytaxt Kobulda xorijiy davlatlarning diplomatik vakillari bilan uchrashdi.

1713235
Muttaki poytaxt Kobulda xorijiy davlatlarning diplomatik vakillari bilan uchrashdi

Afg‘onistonda Tolibon muvaqqat hukumatining “Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi vakili” Emirhan Muttaki poytaxt Kobulda xorijiy davlatlarning diplomatik vakillari bilan uchrashdi.

Tolibon yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Muttaki, diplomatik vakillarga vazirlik binosida ziyofat bergan.

Tolibon hukumatining “Bosh vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi vakili” Abdulg‘oniy Birodar ham ishtirok etgan ziyofatda gapirgan Muttaki, Kobulda dunyoning ba’zi davlatlarining diplomatik faoliyatini davom ettirayotganidan xursandliklarini qayd etdi.

Nomi tilga olingan chet mamlakat vakolatxonalarining o‘z faoliyatlarini davom ettirishlari tarafdori ekanliklarini ifoda etgan Muttaki, ular xavfsizligini ta’minlashning ustivor vazifalari ekanini ta’kidladi.

Muttaki Afg‘onistondagi siyosiy o‘zgarishlar ortidan mamlakatga insonparvarlik yordami yuborgan davlatlarga esa alohida minnatdorchilik bildirdi.

Muttaki:

“Biz mamlakatda yangi hukumat tizimini o‘rnatish orqali dunyo bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, yangi siyosiy hayot boshlashni xohlaymiz”.-dedi.

Dunyo mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatlarga mos ravishda ijobiy munosabatlar o‘rnatish niyatida ekanliklarini yetkazgan Muttaki, barcha mamlakatlarning Afg‘onistonda yarim qolgan loyihalarini tamomlashini xohlashi va Tolibonning buning uchun kerakli har qanday yordamni berishga tayyorligini ta’kidladi.

Abdulg‘oniy Birodar ham ziyofat chog‘ida:

“Bizning hech kim bilan muammomiz yo‘q. Agar kimning biz bilan muammosi bo‘lsa unda uni muloqat yo‘li orqali hal qilishga tayyormiz. Hukumatimiz siyosati hech kimga ziyon yetkazmaydi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Dasturda Turkiyaning Kobuldagi elchisi Jihad Erginay ham ishtirok etdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar