Falastin qarshilik guruhlari Isroilning hujumlariga keskin munosabatda bo'lishlarini e'lon qilishdi

Falastin qarshilik guruhlarini o'z ichiga olgan Birlashgan operatsiyalar xonasi, kecha G'arbiy Sohil va G'azo sektorida Isroil armiyasi tomonidan 3 Falastinlik shahid etilgani  haqida yozma bayonot berdi.

1713234
Falastin qarshilik guruhlari Isroilning hujumlariga keskin munosabatda bo'lishlarini e'lon qilishdi

Falastin qarshilik guruhlari Isroilning falastinliklarga qarshi hujumlariga "keskin" munosabatda bo'lishlarini e'lon qilishdi.

Falastin qarshilik guruhlarini o'z ichiga olgan Birlashgan operatsiyalar xonasi, kecha G'arbiy Sohil va G'azo sektorida Isroil armiyasi tomonidan 3 Falastinlik shahid etilgani  haqida yozma bayonot berdi. Bayonotda, qarshilik kuchlari butun Falastindagi voqealarni diqqat bilan kuzatib borgani, Isroil kuchlarining Falastin hududlarida dushmanligi va begunoh Falastinliklarga qarshi qilgan jinoyatlari kuchaygani bildirildi. Bayonotda, Isroilning Falastinliklarga qarshi hujumlariga "o'ziga xos qattiq reaksiya bo'ladi", deyilgan. Qarshilik guruhlari, agar Isroil hujumlarini davom ettirsa, sodir bo'ladigan voqealar ketma -ketligi uchun Isroil javobgar bo'lishini ta'kidladilar. Isroilning begunoh fuqarolarni o'ldirish orqali qizil chiziqni kesib o'tgani bildirilgan bo'lsa, oxirgi kunlarda Quddus, G'arbiy Sohil va G'azoda hayotini yuqotgan Falastinliklar uchun  motam tutilgani bildirildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Reaksiya , #Falastin , #Hujum , #Isroil

Aloqador xabarlar