Jarablusda bir vaqtning o‘zida ikki boshqa nuqtada bombali hujum uyushtirdi

Suriya shimolidagi Jarablus tumanida bir vaqtning o‘zida ikki boshqa nuqtada bombali hujum uyushtirdi.

1711687
Jarablusda bir vaqtning o‘zida ikki boshqa nuqtada bombali hujum uyushtirdi

Suriya shimolidagi Jarablus tumanida bir vaqtning o‘zida ikki boshqa nuqtada uyushtirilgan bombali hujumda ilk aniqlashlarga ko‘ra tinch aholidan bir kishi halok bo‘ldi, 15 kishi tan jarohati oldi.

“Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan va terrordan qutqarilgan Jarablus markazida bir mototsikl bilan axlat konteyneriga joylashtirilgan bombalar bir vaqtning o‘zida portlatildi.

Portlash oqibatida ilk aniqlashlarga ko‘ra tinch aholidan bir kishi halok bo‘lar ekan, 15 kishi tan jarohati oldi. Tan jarohati olganlar orasida bolalar ham bor va tan jarohati olganlarning hammasi Jarablus kasalxonasiga yotqizildi.

Voqea joyida tekshiruv ishlari yurtigan mahalliy xavfsizlik kuchlari, hujum YPG /PKK terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini qayd etmoqda.

Tel Rifat va Manbij hududlarida ishg‘olini davom ettirayotgan YPG /PKK terror tashkiloti Bob, Azez, Jarablus va Afrin hududlarini tez -tez nishonga olib, terror harakatlari uyushtirmoqda.

 



Aloqador xabarlar