Rossiya Idlibga qarshi hujum uyushtirdi

Rossiya Idlibga havodan qarshi hujum uyushtirdi.

1706756
Rossiya Idlibga qarshi hujum uyushtirdi

Rossiya Suriyadagi “Idlib taranglikni kamaytirish mintaqasi” chegarasidagi Hamame, Mazra va Zarzur qishloqlariga qarshi havodan 15 hujum uyushtirdi.

Idlibga qarshi uyushtirilgan havo hujumlari haqida muxolifatga oid uchoq kuzatuv uyi, ijtimoiy tarmoq hisobi orqali Latakiyadagi Himeymim bazasidan koʻtarilgan 3 ta rus urush uchogʻining hujumlar uyushtirganini ma’lum qildi.

Rossiya harbiy uchoqlarining Zarzur qishlogʻiga qarshi uyushtirgan havo hujmi chogʻida Turkiyaning nodavlat tashkilotlaridan birining yetim bolalarga atab inshoo ettirgan briket uylarining yaqini ham nishonga olindi.

Havo hujumlarini amalga oshirgan uchoqlardan otilgan bombalardan biri uylarning 100 metr yaqiniga kelib tushdi.

Hujumlar oqibatida qurbonlar yoki tan jarohati olganlar bor-yoʻqligi haqida esa hech qanday ma’lumot berilmadi.


Tanlangan kalimalar: #Idlib , #Rossiya , #hujum

Aloqador xabarlar