Isroil G‘azoga raketa hujumini sodir etdi

Ta’kidlanishicha, G’azo janubidagi Rafah, Xon-Yunus va Bayt Lahiya shaharlaridagi Falastin qarshilik guruhlarining to‘rtta ob’yekti havo hujumlari bilan nishonga olingan.

1705748
Isroil G‘azoga raketa hujumini sodir etdi

 

Isroil harbiy-havo kuchlari ishg’ol ostidagi G‘azo sektori hududiga havo hujumini sodir etdi.

Ta’kidlanishicha, G’azo janubidagi Rafah, Xon-Yunus va Bayt Lahiya shaharlaridagi Falastin qarshilik guruhlarining to‘rtta ob’yekti havo hujumlari bilan nishonga olingan. 

Isroil Mudofaa kuchlarining xabar berishicha, zarbalar harbiy lagerga, qurol ishlab chiqaruvchi ob’yektga va Falastinning HAMAS harakatining tunneliga qaratilgan. 

Qurbonlar va yaradorlar haqida ma’lumot yo‘q. Shuningdek, Isroil rasmiylari oxirgi 48 soat ichida G‘azodan uchirilgan uchta raketa “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimi  vositasida yo‘q qilinganini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabrida ham Isroil mudofaa kuchlari Falastinning G‘azo sektoriga aviazarba bergandi.

 


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Isroil

Aloqador xabarlar