Afg’onistonning Mozori Sharif aeroportida 6 ta Amerika samolyoti ushlab turilgani da'vo qilindi.

AQSh Vakillar palatasining Tashqi aloqalar qo'mitasidagi respublikachilar rahbari Makkol Tolibonning Mozori Sharif aeroportida 6 ta Amerika samolyotini ushlab turganini bildirdi.

1703192
Afg’onistonning Mozori Sharif aeroportida 6 ta Amerika samolyoti ushlab turilgani da'vo qilindi.

AQSh Vakillar palatasining Tashqi aloqalar qo'mitasidagi respublikachilar rahbari Makkol Tolibonning Mozori Sharif aeroportida 6 ta Amerika samolyotini ushlab turganini va bu odamlarga Vashingtongacha ketishiga Tolibonni tan olinishiga  qadar  ruxsat berilmasligini da'vo qildi. Makkol o'zi qatnashgan Fox News telekanalida Afg'onistondan hali evakuatsiya qilinmagan Amerika fuqarolarining ahvoli borasida to’xtaldi. Afg'oniston shimolidagi Mozori Sharif aeroportida Amerika fuqarolari va AQSh bilan hamkorlik qilayotgan afg'onlarni olib ketadigan 6 ta Amerika samolyoti borligini qayd etib, Makkol AQSh Davlat departamentidan ikki yoki uch kun ruxsat olganiga qaramay, bu samolyotlar ucha olmasligini da'vo qildi.

Makkol,

"Vaziyat mahbuslar qamoqxonasiga aylanmoqda. Amerika  Qo'shma Shtatlar Tolibonni to'liq tan olmaguncha,  ular Amerika fuqarolarining mamlakatni tark etishiga yo'l qo'ymaydi". dedi. Makkolning qo'shimcha qilishicha, AQSh Davlat departamenti e'lon qilganidan farqli o'laroq, Afg'onistonda nafaqat 100-200 Amerika fuqarolari qolgan, balki bundan ham ko'proq.

 

 

 


 


Tanlangan kalimalar: #Samolyot , #Tolibon , #AQSh

Aloqador xabarlar