Italiyaning Milan shahridagi 15 qavatli binoda yong’in sodir bo’ldi

Voqea Milan janubidagi Via Antonini ko’chasida joylashgan 15 qavatli binoda ro’y bergan. Binoda 70ta oila istiqomat qiladi. Ular evakuatsiya qilingan.

1699548
Italiyaning Milan shahridagi 15 qavatli binoda yong’in sodir bo’ldi

 

Kecha Italiya shimolida joylashgan Milan shahridagi 15 qavatli binoda yong’in sodir bo’ldi.

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, binoning yuqori qavatida hali ham olov yonmoqda va binodan qora tutun ko‘tarilmoqda. Bino atrofi o‘rab olingan.

Ta’kidlanishicha, ushbu voqea Milan janubidagi Via Antonini ko’chasida joylashgan 15 qavatli binoda ro’y bergan. Binoning balandligi 60 metr bo’lib, uning tashqi qoplamasi polistirol mahsulotidan qilingan. Binoda 70ta oila istiqomat qiladi. Ular evakuatsiya qilingan.

Voqea joyiga o‘nlab tez yordam xizmati va o’t o’chiruvchilar safarbar etilgan. Tumandan zaharlangan aholiga tez yordam ko’rsatilmoqda.

Binoda ta'mirlash ishlari olib borilayotgani aytilmoqda. Taxminlarga ko’ra, 15-qavatdan boshlangan yong‘in tashqi qoplama orqali darhol butun binoga tarqalgan.

 


Tanlangan kalimalar: #yong'in , #Italiya , #Milan

Aloqador xabarlar