Kobuldagi hujumlarning javobgarchiligini DEASh boʻyniga oldi

Afgʻoniston poytaxti Kobulda yuz bergan hujumlarning javobgarchiligini DEASh terror tashkiloti boʻyniga oldi.

1698053
Kobuldagi hujumlarning javobgarchiligini DEASh boʻyniga oldi

Afgʻoniston poytaxti Kobulda kecha oqshom soatlarida qayd etilgan uchinchi portlash oqibatida oʻnlab kishi halok boʻlar ekan uning javobgarchiligini DEASh oʻz boʻyniga oldi.

Uchinchi portlash “Hamid Karzai” aeroporti yaqinidagi bombali hujumlarda halok boʻlgan va tan jarohati olganlar olib borilgan Tez tibbiy yordam kasalxonasi atrofida yuz bergandi.

BBC, sogʻliqni saqlash tarmogʻidagi oliy darajadagi rasmiylardan biriga tayangan holda tarqatgan xabarida, kamida 60 eng koʻp 140 kishining tan jarohati olganini ma’lum qildi.

“Hamid Karzai” nomidagi xalqaro aeroport oʻrin olgan mintaqada sodir boʻlgan portlash oqibatida halok boʻlgan Amerika askarlari soni 12 nafarga yetdi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Mudofaa vazirligi, 15 askarning ham tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Hujumlarning javobgarchiligini DEASh terror tashkiloti oʻz boʻyniga oldi.

Shu bilan birga AQSh Prezidenti Jo Bayden, Afgoʻonistondagi rasmiylar ham videokonferensiya orqali qatnashgan yigʻilish ortidan bergan bayonotida:

“DEASh a’zolari gʻalabaga erisholmaydi. Bu hujumni uyushtirganlarga shuni aytmoqchiman: unutmaymiz, kechirmaymiz, badalini toʻlatamiz”. - deya gapirdi.

AQSh Markaziy kuchlar (CENTCOM) qoʻmondoni general Kennet MakKenzi esa DAESh hujumlarining davom etishini kutganliklarini ifoda etdi.


Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #Afgʻoniston , #Kobul , #DEASh

Aloqador xabarlar