Afgʻonistondagi hujumlarda halok boʻlganlar soni ortdi

Kobuldagi “Hamid Karzai” nomidagi xalqaro aeroport yaqinida kecha ikki boshqa nuqtada portlash yuz bergandi.

1698639
Afgʻonistondagi hujumlarda halok boʻlganlar soni ortdi

Afgʻoniston poytaxti Kobuldagi “Hamid Karzai” nomidagi xalqaro aeroportda sodir boʻlgan teraktlarda halok boʻlganlar soni 110 nafarga yetdi.

Halok boʻlganlardan tashqari 150 nafardan ortiq kishi tan jarohati olgan voqealarda jon berganlardan 13 nafari AQSh askari.

Tolibon esa qurbonlari sonini 28 nafar deb xabar qildi.

Shu bilan birga gʻarblik xavfsizlik xodimlaridan biri, hujumlar ortidan tinch aholini mintaqadan evakuatsiya qilish ishlarining tezlashtirilgani va uchoq qatnovlarining muntazam ravishda yoʻlga qoʻyilayotganini qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz:

Evakuatsiya faoliyatlari davom etgan poytaxt Kobuldagi “Hamid Karzai” nomidagi xalqaro aeroport yaqinida kecha ikki boshqa nuqtada portlash yuz bergandi.

Ushbu hujumlar javobgarchiligini DEASh terror tashkiloti oʻz zimmasiga olgan.

Hujumlarni dunyoning koʻplab davlati va Tolibon keskin qoraladi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Jo Bayden mavzu haqida bergan bayonotida, hujumni uyushtirganlarni topishdan voz kechmasligi va undan mutlaqo oʻch olishini ta’kidlagandi.

Bayden,

“Hujum DEASh/ Xurosan degan nom bilan tanilgan guruh tomonidan amalga oshirildi”. - degan ifodalarga ham oʻrin bergandi.

Oxirgi haftalarda DEASh/ Xurosanning Kobuldagi aeroportga qarshi hujum qilishi haqida ma’lumot olganliklari, shu bois ham Afgʻonistondagi vazifalarini 31-avgustga qadar tamomlashda qarorli ekanliklarini qayd etgandi.


Tanlangan kalimalar: #Afgʻoniston , #Kobul , #DEASh

Aloqador xabarlar