Islom hamkorlik tashkiloti Kobuldagi terrorchilik harakatlarini qoraladi

Tashkilotning yozma bayonotida terrorizmga qarshi kurashdagi sa'y-harakatlarni yanada kuchaytirish va xalqaro hamkorlikni ikki baravarga oshirish kerakligi qayd etilgan.

1698423
Islom hamkorlik tashkiloti Kobuldagi terrorchilik harakatlarini qoraladi

 

Islom hamkorlik tashkiloti Afg’oniston poytaxti Kobuldagi Hamid Karzay xalqaro aeroporti yaqinida sodir bo’lgan terrorchilik harakatlarini qoraladi.

Tashkilotning yozma bayonotida Afg’onistondagi hujum qat’iyan qoralanib, Islom hamkorlik tashkilotining sababi nima bo’lishidan qat’iy nazar, har qanday terrorchilik harakatiga nisbatan munosabati o’zgarmasligi qayd etilgan.

Hujumda hayotdan ko'z yumganlarning oilalariga hamdardlik bildirilar ekan, jarohat olganlarga tezroq sog'ayib ketishiga tilak bildirilgan.

Shuningdek, terrorizmga qarshi kurashdagi sa'y-harakatlar va xalqaro hamkorlikni ikki baravarga oshirish kerakligi qayd etilgan.

Eslatma: Kecha, 26-avgust kuni Afg’oniston poytaxti Kobuldagi Hamid Karzay xalqaro aeroporti yaqinida olti marta portlash sodir etildi. Portlashlar oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarning 90 nafari afg‘onlar, 13 nafari Amerika askarlaridan iborat.

DEASh terror tashkiloti ushbu hujumlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oldi va navbatdagi teraktlar bilan tahdid qildi. Ushbu terrorchilik harakatlari butun dunyoda qoralanmoqda.



Aloqador xabarlar