Tolibon Turkiya bilan yaxshi munosabatda bolishning alohida oʻringa ega ekanini qayd etdi

Tolibonning Afgʻoniston poytaxti Kobulni egallab olishi ortidan Tolibonning Qatardagi siyosiy byurosi matbuot xizmati kotibi Muhammad Naim Vardak bayonot berdi.

1697543
Tolibon Turkiya bilan yaxshi munosabatda bolishning alohida oʻringa ega ekanini qayd etdi

Tolibonning Qatardagi siyosiy byurosi matbuot xizmati kotibi Muhammad Naim Vardak, Turkiya bilan yaxshi, konstruktiv va ijobiy munosabatlar oʻrnatish niyatida ekanliklarini qayd etdi.

Tolibonning Afgʻoniston poytaxti Kobulni egallab olishi ortidan bayonot bergan Varank:

“Turkiya muhim bir davlatdir. Turk xalqi musulmon va birodar xalq. Turkiya bilan tarixiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarimiz bor”. – degan holda, kelajakda munosabatlarni yaxshilash niyatida ekanliklari va Tolibonning Turkiya bilan muloqotda ekanini bildirdi.

Vardak Tolibonning Turkiya yordamiga ehtiyoji bor yoki yoʻqligi haqidagi savolga esa:

“Bundan shubha yoʻq. Biz buni (yordamni) xohlaymiz. Xalqimiz 40 yildan beri urush ichida va yordamga ehtiyoji bor. Biz butun dunyo mamlakatlari, ayniqsa Turkiyadan, xalqimiz va yurtimizga yordam berishlarini xohlaymiz”. – deb javob berdi.

Turkiyaning Afgʻonistonda va mamlakatni qayta tiklashda muhim, konstruktiv va ijobiy rol oʻynashi mumkinligini va bu rolga muhtoj ekanliklarini ta’kidlagan Vardak, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning tuzilishi haqida esa:

“Munosabatlarimizda asosan ikki xusus bor. Birinchisi - islom dini prinsiplari; ikkinchisi esa - mamlakat va xalq manfaatlari. Bu ikki xusus tufayli ayniqsa Turkiya bilan yaxshi, konstruktiv va ijobiy tusda munosabatlar oʻrnatishni xohlaymiz. Bizning Turkiya bilan hech qanday muammomiz yoʻq”. – deya gapirdi.



Aloqador xabarlar