Kobuldagi portlashda halok boʻlgan amerikalik askarlar soni 10 nafarga yetdi

Afʻoniston poytaxti Kobulda yuz bergan portlashda halok boʻlgan amerikalik askarlar soni 10 nafarga yetdi.

1698049
Kobuldagi portlashda halok boʻlgan amerikalik askarlar soni 10 nafarga yetdi

Afʻoniston poytaxti Kobulda “Hamid Karzai” nomidagi xalqaro aeroport oʻrin olgan mintaqada sodir boʻlgan portlash oqibatida halok boʻlgan Amerika askarlari soni 10 nafarga yetdi.

Amerika ommaviy axborot vositasi voqeada 10 askarning halok boʻlganini ma’lum qilar ekan Al-Jazeera, halok boʻlganlar sonini 25, tan jarohati olganlar sonini esa 90 nafar deb qayd etdi.

Associated Press, ism-shariflarini aytmagan amerikalik rasmiylarning, hujumlarning DEASh terror tashkiloti tomonidan amalga oshirilganiga ishonchi komil ekanliklarini yetkazdi.

Amerikalik boshqa rasmiy esa, ilk ma’lumotlarga koʻra voqeaning xudkushlik hujmi ekanini ta’kidlagandi.

Shuningdek, oqshom soatlarida poytaxt Kobulda yangi portlash ovozlari eshitildi.


Tanlangan kalimalar: #Afʻoniston , #Kobul , #Hamid Karzai , #portlash

Aloqador xabarlar