Tunisda 231 tartibsiz muhojir qo'lga olindi.

Tunisda 231 tartibsiz muhojir qo'lga olindi. Tunis Ichki ishlar vazirligi bayonotida, dengiz qo'riqchilarining hududiy bo'linmalari 11 ta noqonuniy migratsiya urinishining oldini oldi.

1696929
Tunisda 231 tartibsiz muhojir qo'lga olindi.

Tunisda 231 tartibsiz muhojir qo'lga olindi.

Tunis Ichki ishlar vazirligi bayonotida, dengiz qo'riqchilarining hududiy bo'linmalari 11 ta noqonuniy migratsiya urinishining oldini oldi.

Qutqaruv operatsiyalari vaqti haqida ma'lumot berilmagan bayonotda, operatsiyalar davomida 104 nafar Afrika fuqarolari, qolganlari esa Tunislik bo'lgan 231 tartibsiz muhojir qo'lga olingani qayd etilgan.

Shimoliy Afrikadagi Tunis va Liviya kabi mamlakatlar O'rta er dengizi orqali Yevropaga noqonuniy yo'l bilan borishni istagan tartibsiz muhojirlar uchun chiqish joyi sifatida qaraladi.

Har yili minglab muhojirlar yaxshi bir hayot umidida Afrikadan O'rta yer dengiziga ortidan  Yevropaga etib borishadi. Muhojirlarning bir qismi Yevropaga borishga muvaffaq bo'lishsa, boshqalari dengizda halok bo'lishadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar bo'yicha Oliy Komissarligi matbuot kotibi Karlotta Sami 4 may kuni bergan bayonotida, kamida 500 muhojir shu yilning boshidan may oyigacha Markaziy O'rta yer dengizi migratsiya yo'li bilan Yevropaga o'tmoqchi bo'lganida dengizda halok bo'lganini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Qo'lga olindi , #Tunis Qochqin

Aloqador xabarlar