Germaniya Afgʻonistondan 2 ming nafardan ortiq kishini Oʻzbekiston orqali evakuatsiya qildi

Germaniya Afgʻonistondan 1 haftada 2 ming nafardan ortiq kishini Oʻzbekiston orqali evakuatsiya qildi.

1695697
Germaniya Afgʻonistondan 2 ming nafardan ortiq kishini Oʻzbekiston orqali evakuatsiya qildi

Germaniyaning oxirgi bir haftada Afgʻonistondan 2 ming nafardan ortiq kishini Oʻzbekiston orqali evakuatsiya qilgani ma’lum qilindi.

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda oʻtgan hafta Germaniya, Afgʻoniston va Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlar fuqarosidan iborat 2 ming nafardan ortiq kishining Oʻzbekiston orqali Afgʻonistondan olib chiqilgani qayd etildi

Bayonotda Toshkent aeroportida oziq-ovqat bilan ta’minlanib, tibbiy yordam koʻrsatilgan yuqorida nomi tilga olingan shaxslarning, yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) qarshi testdan oʻtgach, xususiy uchoqlar bilan Germaniyaga yuborilgani ifoda etildi.

Kobul va Toshkent oʻrtasidagi evakuatsiya qatnovlarining, Germaniya Qurolli kuchlariga oid uchoqlar orqali yoʻlga qoʻyilgani ta’kidlangan bayonotda, shu doirada bugungacha 18 safar uyushtirilgani aytildi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev, oʻtgan hafta Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va kansler Angela Merkel bilan telefon orqali muloqot qilar ekan Germaniya fuqarolarining Oʻzbekiston orqali Afgʻonistondan evakuatsiya qilinishi masalasini muhokama qilgandi.



Aloqador xabarlar