Germaniya kansleri Angela Merkel Kiyevda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi

Germaniya Rossiya “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini qurol sifatida qo‘llashga harakat qilsa, Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Kiyevga tashrifi doirasida aytib o‘tdi.

1695378
Germaniya kansleri Angela Merkel Kiyevda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi

 

Germaniya kansleri Angela Merkel Kiyevga tashrifi chog’ida mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.

Zelenskiy uchrashuvdan keyin o’tkazilgan qo’shma matbuot anjumanida Ukrainaning hududiy yaxlitligini va Donbasda tinchlik o’rnatish yo’lidagi sa’y-harakatlarni qo’llab-quvvatlaganligi uchun Germaniyaga alohida minnatdorlik bildirdi.

Donbasda doimiy tinchlik o’rnatishni maqsad qilganligini tilga olgan Zelenskiy: “Normandiya to’rtligi sammitini o’tkazish bo’yicha fikrimiz o’zgarmadi. Biroq, bu xususda jarayon o’ta sekin yuritilmoqda. Shu sababli, Rossiyaga tazyiqni kuchaytirish lozim”,-dedi.

Prezident shuningdek, ““Shimoliy oqim-2” tabiiy gaz quvur loyihasi Rossiya tomonidan o’ta  tahlikali geopolitik qurol sifatida qo’llanilmoqda”,-dedi.

Merkel esa, “Shimoliy oqim-2” tabiiy gaz quvur loyihasi Rossiya-Germaniya loyihasi emas, balki Rossiya-Yevropa hamkorligidagi loyiha ekanligiga diqqat qaratdi.

Ukrainaning ushbu mavzu bo’yicha xavotirini jiddiy qabul qilishini aytgan Merkel, Rossiya “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini qurol sifatida qo‘llashga harakat qilsa, Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

“Ukraina tomonining xavotirlanishini jiddiy qabul qilamiz. Shu sababli Moskvadagi muzokaralar vaqtida bu muammoni ko‘tardim va Rossiya o‘z maqsadiga erishish uchun gaz quvuridan qurol sifatida foydalansa, unda Yevropa doirasida unga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishini qo‘llab-quvvatlashimizni aytdim”,-dedi Merkel Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan o’tgan matbuot anjumanida.

Kanslerning aytishicha, Yevropa 25 yildan keyin Rossiya gaziga bog‘liq bo‘lmaydi. “Eng kechi bilan 25 yildan keyin Yevropada Rossiyadan gaz umuman eksport qilinmaydi yoki juda oz miqdorda olinadi. Ukraina bunga tayyor turishi lozim. Ukraina qolgan davlatlar kabi ushbu holat yuz berganda, nima qilishi kerakligini bilmog‘i lozim. Misol uchun, vodorod bo‘yicha hamkorlik qilish mumkin. Biroq, bu loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim, 2024 yilda u gaz o‘rnini bosa olmaydi”, -deb ta'kidlab o‘tgan Germaniya yetakchisi.

Merkel Kiyevga tashrifi oldidan Moskvada bo‘lib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar