Antoniu Guterrish Turkiyaga ta'ziya izhor etdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Turkiyaga ta'ziya izhor etdi.

1691660
Antoniu Guterrish Turkiyaga ta'ziya izhor etdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiyada yuz bergan oʻrmon yongʻinlari va suv toshqinlari yuzasidan hayotdan koʻz yumganlar uchun chuqur qaygʻularini yetkazdi.

Bu haqida BMT Bosh kotibi Matbuot xizmati vakili Stefan Dujarrik tomonidan berilgan bayonotda:

“Bosh kotib Turkiyada oxirgi vaqtlarda yuz bergan oʻrmon yongʻinlari ortidan mamlakatning shimolidagi sel va tuproq koʻchkisi oqibatida qayd etilgan oʻlim holatlari bilan infratuzilmaga yetgan ziyonlardan qaygʻuda ekanini bildirdi”. - degan ifodalarga oʻrin berildi.

Bayonotda tabiiy ofatdan ziyon koʻrgan oilalarga Guterrishning ta’ziyalari yetkazilar ekan, BMTning bu murakkab kunlarda Turkiya Respublikasi xalqi va hukumati bilan birdamlik ichida boʻlishini oʻz soʻziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar