Marokash va Isroil elchixonalarini o'zaro ochishga kelishib olganlarini e'lon qildi.

Marokashga rasmiy tashrif bilan kelgan Isroil Tashqi ishlar vaziri Yair Lapid, ikki davlat elchixonalarini o'zaro ochishga kelishib olganini e'lon qildi.

1690715

Rasmiy aloqalarni tugatgandan so'ng, Lapid Kasablankada o'tkazgan matbuot anjumanida ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi haqida ma’lumot berdi.

Marokash tashqi ishlar vaziri Nosir Burita bilan o'zaro diplomatik vakillik darajasini oshirish borasida kelishuvga erishganliklarini aytgan Lapid, yaqinda aniq qadamlar qo'yilishini va elchixonalarning 2 oy ichida ochilishi kutilayotganini aytdi.

Marokash qiroli Muhammad VI va Tashqi ishlar vaziri Buritaga o'z minnatdorchiligini bildirgan Lapid, ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar diplomatik, iqtisodiy va madaniy sohalarda yuqori darajaga ko'tarilishini bildirdi.

Lapid kecha Marokashda Isroilning aloqa idorasini ochdi, u yerda ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarni normallashtirish to'g'risidagi bitimdan so'ng birinchi rasmiy tashrifi doirasida bordi.

Tanlangan kalimalar: #Elchixona , #Marokash , #Isroil

Aloqador xabarlar