Shoygu: Tolibon Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan boʻlgan chegarasini nazoratiga oldi

Shoygu poytaxt Moskvaning Solnechnogorsk shahrida uyushtirilgan forumlardan birida Afgʻonistondagi vaziyat haqida bayonotlar berdi.

1689510
Shoygu: Tolibon Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan boʻlgan chegarasini nazoratiga oldi

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning qayd etishicha, Tolibon Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan boʻlgan chegarasini oʻz nazoratiga olgan.

Shoygu poytaxt Moskvaning Solnechnogorsk shahrida uyushtirilgan forumlardan birida Afgʻonistondagi vaziyat haqida bayonotlar berdi.

Unda Tolibonning Afgʻonistonda ilgarilaganini ifoda etgan Shoygu:

“Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan boʻlgan chegarasi Tolibon nazorati ostiga oʻtdi. Tolibon Qunduz viloyatini bosib oldi. Qunduz, judayam katta va jiddiy markazdir”. - dedi.

Afgʻonistondan giyohvand modda kontrabandachilari va terroristlarining Tojikiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston orqali Rossiyaga sizib kirishidek tahdidlar borligiga e’tibor qaratgan Shoygu, Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkiloti davlatlarining bunga qarshi tayyor turishi kerakligini ta’kidladi.

Shoygu,

“Tolibon liderlari, chegaradan oʻtib mintaqalarga qarshi hujum qilishga tashabbus qilmasliklarini aytishlariga qaramay Tojikiston va Oʻzbekiston harbiy kuchlarining har ehtimolga qarshi har qanday provokatsiyalarga tayyor boʻlishi biz uchun judayam muhimdir. Albatta, buning uchun biz qoʻlimizdan kelganini qilamiz”. - deya gapirdi.

Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston askarlarining Afgʻoniston chegarasi yaqinida qoʻshma harbiy-oʻquv mashqlari oʻtkazayotganiga e’tibor qaratgan Shoygu, bunday mashgʻulotlarni doimiy ravishda oʻtkazib turishlarini bildirdi.

Shoygu, Rossiyaning Tojikiston va Qirgʻizistonda bazalari borligini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar