Yakutiyadagi oʻrmon yongʻinlarini oʻchirish say-harakatlari kuchaytirilmoqda

Putin Yakutiyadagi oʻrmon yongʻinlarini oʻchirish uchun yana-da koʻproq xodim safarbar qilinib, texnik xizmat berilishi uchun buyruq berdi.

1688708
Yakutiyadagi oʻrmon yongʻinlarini oʻchirish say-harakatlari kuchaytirilmoqda

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Yakutiyada davom etayotgan oʻrmon yongʻinlarini oʻchirish uchun yana-da koʻproq xodim safarbar qilinib, texnik xizmat berilishi uchun buyruq berdi.

Kreml tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Putinning Yakutiyani oʻz ichiga qamrab olgan oʻrmon yongʻinlari tufayli Rossiya Favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinichevga bergan buyrugʻiga e’tibor qaratildi.

Bayonotda,

“Putin, Yakutiyada davom etayotgan oʻrmon yongʻinlarini oʻchirish uchun yana-da koʻproq xodim safarbar qilinib, texnik xizmat berilishi uchun Zinichevga buyruq berdi”. - deyildi.

Rossiya Federatsiyasi Federal Oʻrmon agentligi tomonidan bugun berilgan bayonotda:

“10-avgustdan e’tiboran 196 nuqtada jami 1 million 572 ming gektarlik maydonda oʻrmon yongʻinlari davom etmoqda. Yongʻinlar Yakutiyaning 111 nuqtasida, Irkutskning esa 27 nuqtasida qayd etildi.” - degan ifodalarga oʻrin berildi.

Rossiyaning Sibir mintaqasida iyul oyida boshlagan yongʻinlarda bugungacha taxminan 3 million gektarlik oʻrmonzor yonib kulga aylandi. Rasmiylar mintaqada favqulodda holat e’lon qilgandi.

 

 



Aloqador xabarlar