Mutaasib yahudiylar al-Aqsa masjidiga bosqin uyushtirdi

Isroil politisyasi hamrohligidagi mutaasib yahudiylar al-Aqsa masjidiga bosqin uyushtirdi.

1688748
Mutaasib yahudiylar al-Aqsa masjidiga bosqin uyushtirdi

Isroil politsiyasi hamrohligida 116 nafar mutaasib yahudiy, ishgʻol ostidagi Sharqiy Quddusning Eski shahar mintaqasida joylashgan al-Aqsa masjidi hovlisiga kirib bordi.

Quddus Islom fondi boshqarmasi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga koʻra, 116 nafar mutaasib yahudiy al-Aqsa masjidining janubi-gʻarbidagi al-Magʻoriba darvozasidan Harami sharifga bosqin uyushtirgan

Isroil politsiyasi himoyasidagi Yahudiy guruhning, Haromi sharif hovlilarida aylangach, al-Aqsa masjididan ketgani qayd etildi.

Mutaasib yahudiylarning tushdan keyin ham bosqinlarini davom ettirishi taxmin qilinmoqda.  



Aloqador xabarlar