Uxanda yashovchi deyarli hamma Covid-19ga qarshi testdan oʻtkazildi

Xitoyning Uxan shahrida yashovchi deyarli hamma Covid-19ga qarshi testdan oʻtkazildi.

1687881
Uxanda yashovchi deyarli hamma Covid-19ga qarshi testdan oʻtkazildi

Yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasi paydo boʻlgan Xitoyning Uxan shahrida yashovchi deyarli hamma, virus ustidan testdan oʻtdi.

Sinxua tarqatgan ma’lumotga koʻra, Uxan munitsipalitet hukumati bosh kotibi oʻrinbosari Li Tao, holat soni koʻpayishi yuzasidan 11.3 million shahar aholisining hammasini testdan oʻtkazish haqida qaror qabul qilgan.

Li, seshanba kunidan beri shahar aholisining deyarli hammasining testdan oʻtganini qayd etgan.

Li Tao shuningdek, 6 yoshgacha boʻlgan bolalar va yozgi dam olish uchun shahar tashqarisida boʻlgan talabalarning esa hali hanuz testdan oʻtmaganini ifoda etgan.

Rasmiylarning ta’kidlashicha, Uxandagi testlar davomida 9 yangi holat aniqlangan va ular kasalxonaga yotqizilgan.

Pandemiyaga qarshi choralarni kuchaytirgan shahar yetakchilari, 3-avgust kuni, uzoq vaqtdan keyin aniqlangan holatlar ortidan shahar aholisining hammasini testdan oʻtkazish haqida qaror qabul qilgandi.

Barcha maktab va ta’lim muassasalariga yuzma-yuz ta’lim faoliyatlarini toʻxtatish va shahardagi sogʻliqni saqlash tashkilotlariga tekshiruvlarni kuchaytirish boʻyicha topshiriq berilgan.

Metroda niqob taqish, tana haroratini oʻlchash va salomatligini kuzatib borish kodlarini nazorat qilish majburiyati doxil Covid-19ga qarshi choralar kuchaytirilgan.

Xabar qilinishicha, Uxan shahrida 2020-yilning 14-mayidan 1-iyunigacha 9 million 890 ming kishi test topshirgandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #Uxan , #Li Tao , #Covid-19

Aloqador xabarlar