Sudanda sodir bolgan sel falokatida ko‘plab uy va davlat binolari foydalanishdan chiqdi

Sudanda og‘ir yog‘ingarchilik tufayli sodir bolgan sel falokatida ko‘plab uy va davlat binolari foydalanishdan chiqdi.

1686697
Sudanda sodir bolgan sel falokatida ko‘plab uy va davlat binolari foydalanishdan chiqdi

Sudan sharqidagi Gadarif shtatida og‘ir yog‘ingarchilik tufayli sodir bolgan sel falokatida ko‘plab uy va davlat binolari foydalanishdan chiqdi.

Sudan rasmiy axborot agentligining Fav shahridagi rasmiylarga tayangan holda tarqatgan ma’lumotiga ko‘ra, ushbu sel tufayli 1500 uy bilan 20 maktab va 1300 qoramol nobud bo‘lgan.

Shahardagi yuzlab gektar qishloq xo‘jaligi yerlari suv ostida qolib, elektr tarmoqlari ziyon ko‘rgan.

Nil daryosining poytaxt Hartumda toshish saviyasining kecha 24 santimetrdan oshganini ma’lum qilgan Sudan Sug‘orish va suv manbaalari vazirligi, fuqarolarni suv toshqinlariga qarshi ogohlantirdi.

O‘tgan yilning iyun - oktabr oylarida Sudanda qayd etlgan sel va toshqinlar oqibatida 138 kishi hayotdan ko‘z yumib, 100 mingdan ortiq uy ziyon ko‘rgandi.



Aloqador xabarlar