Bangladeshda chaqmoq urishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Kutilmaganda yuz bergan tabiat hodisasi tufayli yana olti kishi jarohat olgan. Ular hozirda shifoxonaga joylashtirilgan. Rasmiylar qurbonlar soni yana oshishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

1685642
Bangladeshda chaqmoq urishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

 

Bugun, 4 avgust kuni Bangladeshda bo‘layotgan to‘y vaqtida yashin urishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi.

Ma'lumotga ko'ra, hodisa bugun, 4 avgust kuni soat 12:30 larda mamlakat shimolidagi Shibganj tumanida, mehmonlar Padma daryosida qayiqda ketayotgan paytda sodir bo‘lgan.

Kutilmaganda yuz bergan tabiat hodisasi tufayli yana olti kishi jarohat olgan. Ular hozirda shifoxonaga joylashtirilgan. Rasmiylar qurbonlar soni yana oshishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Bangladeshda har yili bu kabi hodisalarda yuzlab insonlar halok bo'lmoqda.

Cox's Bazar hududida bir hafta davom etgan kuchli yog'ingarchiliklar oqibatida taxminan 20 kishi halok bo'lgan. Ular orasida arakanlik musulmonlar ham bor.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Bangladesh

Aloqador xabarlar