Chexiyada poyezd halokati ro'y berdi

Ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 40dan ortiq kishi jarohatlangan. Yetti kishining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

1685560
Chexiyada poyezd halokati ro'y berdi

 

Chexiyada yo‘lovchi poyezdlar to‘qnashuvi yuz berdi. Chexiya g‘arbidagi Milavse aholi turar-joy punktida ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, 40dan ortiq kishi jarohatlangan. Yetti kishining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

Tegishli vakillar ahvoli o’ta og’ir bo’lgan 4 kishining vertolyotda shifoxonaga olib ketilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tezyurar poyezd Germaniyaning Myunxen shahridan harakatlangan bo’lib, u Chexiya g‘arbidagi Milavse hududidaoddiy yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashib ketgan. 

Transport vaziri Karel Gavlichekning so‘zlariga ko‘ra, poyezd “Ex 351” ekspressning taqiqlovchi signaliga qaramay, harakatlanishda davom etgan.

Hodisa joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #poyezd halokati , #Chexiya

Aloqador xabarlar