Nigeriyada o’g’irlangan o’quvchilarni qutqarish uchun 7 oyda 2.4 mln dollar pul to’landi

Punch gazetasida berilgan xabarga ko’ra, tegishli vakillar tomonidan tayyorlangan hisobot mamlakatda xavfsizlik o’ta achinarli holatda ekanligini ko’rsatadi.

1685283
Nigeriyada o’g’irlangan o’quvchilarni qutqarish uchun 7 oyda 2.4 mln dollar pul to’landi

 

Nigeriyada qurolli to’dalar tomonidan o’g’irlab ketilgan o’quvchilarni qutqarish uchun 7 oyda 2.4 mln dollar pul to’langani ma’lum bo’ldi.

Punch gazetasida berilgan xabarga ko’ra, tegishli vakillar tomonidan tayyorlangan hisobot mamlakatda xavfsizlik o’ta achinarli holatda ekanligini ko’rsatadi.

Mamlakat shimoli g’arbida o’tgan yilning noyabr oyidan joriy yilning may oyiga qadar qurolli to’dalar tomonidan sodir etilgan hujumlar vaqtida o’g’irlab ketilgan o’quvchilarni qutqarish uchun 2.4 mln dollar pul to’langanligi qayd etildi.

Biroq, Nigeriya hukumati o’quvchilarni qutqarish uchun pul to’lamaganligini ma’lum qilgandi.

Mamlakatda oxirgi vaqtlarda qurolli to’dalarning mototsikllarda kelib hujum qilish holatlari ko’paygani sababli, ba’zi viloyatlarda mototsikldan foydalanish taqiqlangandi.

Nigeriyaning Benue, Plateau, Katsina va Zamfara viloyatlarida asosan maktablarga hujum sodir etilib, o’quvchilarni o’g’irlash holatlari avj olgandi. Nigeriya hukumati mamlakat shimolida avj olgan qurolli hujumlar tufayli 618ta maktabni yopishga qaror qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya

Aloqador xabarlar